Bugun do'konlarga kirganimizda skinny, slim, jeggings, boot cut kabi har xil turdagi jinsilarni uchratishimiz mumkin. Bu kiyim turi ko'rinishidan garderobning oddiy bir qismiga o'xshaydi, ammo biz uni tanlayotganda e`tibordan qoldirilgan tomonlar ham bo'ladi. Shu sababli erkaklar uchun jinsi shimlarni to'g'ri tanlash bo'yicha kerakli maslahatlarni berib o'tamiz. 

•  Klassik variant — standart bichimdagi jinsilar (regular straight) deyarli barchaga turli xil poyabzal va kiyimlar bilan to'g'ri keladi.
•  Yaxshi qomat egalari uchun eng mos variant bu ozgina tor va to'g'ri bichimdagi (slim straight) jinsilar hisoblanadi. Bunday jinsilar klassik uslubni xush ko'ruvchilar uchun ham yaxshi tanlov hisoblanadi. 

•  Eng qulay variant bu uzun va oddiy oyoqlar uchun relaxed straight yoki kalta oyoqlar uchun kengaytirilgan relaxed boot cut turidagi jinsilar hisoblanadi.   

•  Og'ir vazndagi erkaklar yoki klassik uslubdan ko'ra boshqa turdagi jinsilarni xohlovchilar uchun qopsimon keng uslubdagi jinsilarni (loose) kiyib ko'rishlari mumkin. Lekin bunday uslubdagi jinsilar uchun kiyimingizning boshqa qismlarini ularga moslashtirishingizga kerak bo'ladi. Albatta bunday uslub barcha vaziyatlar uchun ham to'g'ri kelavermaydi. Bunday turdagi jinsilar bilan teatr va ish yuzadan bo'lib o'tadigan suhbat uchun borib bo'lmaydi.

Ozg'in qomatga ega bo'lganlar uchun yopishib turadigan jinsilar (skinny) yaxshi tanlov hisoblanadi. Ta`kidlash kerakki, bunday uslubdagi jinsilar sizni “mard va jasur” qilib ko'rsatmaydi. 

Shuningdek, jinsilarni tanlashda ikki qoidani esda tutish lozim: birinchi qoida, bu - dress-kod. Ya`ni atrofdagilar tomonidan uslub qabul qilinganmi va u siz uchun qulaymi, shu haqida o'ylab ko'ring. Ikkinchi qoida, eng muhimi o'z uslubingizni tanlang. Moda haqida hech qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Agar bu sohada ishlamasangiz, albatta.