12:32 / 30.05.2016
3806

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

“Tolibon” harakati jangarilari o‘tgan kechada mamlakatning Pokiston bilan chegarasida joylashgan Gilmend provinsiyasidagi bir qancha politsiya blok postlariga hujum qildi.

“Sinxua” agentligi bergan intervyuga ko‘ra, hujum oqibatida 11 nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan, yetti nafari yaralangan va yana yetti nafari izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Mahalliy harbiy qo‘mondonlik mazkur hujum natijasida halok bo‘lganlarning sonini rasman tasdiqlagan.

Ayni damda armiya va politsiya bo‘linmalari hujum qilganlarni qidirmoqda. Provintsiyaning ayrim tumanlarida otishma ovozlari eshitilgan.

Top