09:06 / 30.05.2016
3971

«Alaves» 10 yil o‘tib La Ligaga qaytdi

«Alaves» segundaning 41-turida «Numansiya»ni 2:0 hisobida yengdi va primera yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jamoa mavsum yakuniga 1 tur qolganida turnir jadvalida ikkinchi o‘rindagi «Leganes»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Uchinchi o‘rindagi  «Ximnastik Tarragon» esa peshqadamdan 4 ochko kam to‘plagan va endi bu jamoa birinchi o‘ringa ko‘tarila olmaydi.

Shu tariqa, «Alaves» 2005/06 yilgi mavsumdan buyon birinchi marta primeraga qaytdi. Ikkinchi yo‘llanma uchun «Leganes» va «Ximnastik Tarragon» o‘rtasida kurash kechadi.

Top