20:04 / 30.05.2016
56718

Barcha fanlar bo‘yicha yangi testlarni «Abituriyent» gazetasidan topish mumkin

Abituriyentmisiz? Talaba bo‘lish baxtiga erishish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlaringizga ham oz vaqt qoldi. Shubhasiz, juda ko‘p testlarni ishlab ko‘rgansiz. Ammo «Abituriyent» gazetasi sizga yangidan-yangi testlarni taklif qiladi. Ularni ishlab, o‘rganib, bilimingiz yanada oshadi!

2007 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Abituriyent» gazetasi ikki haftada bir marta, payshanba kuni nashr qilinadi va har bir soni 12 500 nusxada chop etiladi.

Tahririyatda yigirmaga yaqin malakali mutaxassislar ish olib boradi. Gazetaning har bir sonida har qaysi fandan 36 ta yangi test taqdim etiladi. Yil davomida esa 14 mingdan ortiq yangi test o‘z o‘quvchilariga yetkaziladi.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish ballari gazeta sonlarida e'lon qilinadi. Shu bilan birga, unda barcha fanlardan berilgan murakkab savollar tahlili bilan muntazam tanishib borish mumkin.

«Abituriyent» gazetasi o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. Unda quyidagi fanlardan yangi savollar mavjud:

— Matematika (matematika)
— Fizika (fizika)
— Kimyo (ximiya)
— Biologiya (biologiya)
— Tarix (istoriya)
— Geografiya (geografiya)
— Ona tili va adabiyot
— Russkiy yazyk i literatura
— Ingliz tili
— Nemis tili

Shuningdek, gazetaning «Salom Abituriyent», «Psixologiya», «Kim bo‘lsam ekan», «Mantiq maydoni», «Ibratli dunyo» kabi ruknlar orqali abituriyentlarga bilim va maslahatlar berib boriladi. Feysbukdagi «Abituriyent gazetasi» guruhida esa o‘quvchilar o‘zaro bilim almashishadi, bilmaganlarini so‘rashadi.

Ma'lumot uchun telefon: +998(93) 530-15-51
Obuna indeksi: 554

Reklama huquqi asosida.

Top