17:42 / 30.05.2016
4330

IUT talabalari “Yurt kelajagi” tanlovida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) talabalari “Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovining Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichida “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar” yo‘nalishida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Ikkinchi bosqich talabasi Rashid Tojiboyev ushbu tanlovda Health Care Companion (Sog‘liqni saqlash uchun hamroh) dasturi bilan ishtirok etdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga IUTning ikkinchi bosqich talabasi Muzaffar Mahkamov ushbu tanlovda www.keepgoing.uz veb-sayti bilan ishtirok etdi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarni AKT va boshqa sohalardagi tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqiradi. Bunday tanlovlar talabalarning bilimlarini yanada yaxshilashga va tajriba ortishlariga ko‘mak beradi.

Top