AQShdagi yovvoiy tabiat himoyachilari tomonidan ushlangan alligator uni tunda qoldirishgan mashina yukxonasidan chiqib ketib, salon ichiga kirib qoldi. Bu haqida voqeaga guvoh bo‘lgan qiz, o‘z feysbukida videorolik qoldirgan.
2 metr keladigan jonivor tunda yukxonadan chiqib, salonga kirib qolgan va u yerdan qochib ketmoqchi bo‘lganida rul va old oyna oralig‘ida tiqilib qolgan. Shu bois qiz uni tongda ko‘rib qolgan.
Jonivorlarni ko‘rib qolganlar, uni ozod etishgan.