20:21 / 30.05.2016
15446

Moskva metrosida terrorizmda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

30 may kuni Moskva metrosining "Petrovsko-Razumovskaya" bekatida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

"360" telekanali manbasining ma'lum qilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston hukumati tomonidan konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda va terrorizmda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston respublikasi JKning 155 moddasi ("Terrorizm"), 159 moddaning uchinchi qismi ("Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish") va 244,2 moddaning birinchi qismi ("O‘zbekistonda bo‘lish tartiblarini buzish") bo‘yicha ayblangan.

Ayni vaqtda ushbu shaxs hibsda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uning qo‘lga olingani haqida xabardor qilingan.

Top