09:08 / 30.05.2016
5626

Poroshenko: G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi va ularni kengaytirishga tayyor

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Katta yettilik" (G7) davlatlari nafaqat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga qaror qilishganini, balki agar Donbassdagi vaziyat yanada keskinlashsa, ularni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" nashri. 

Poroshenkoning aytishicha, bu Rossiya o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta'minlovchi yagona yo‘l hisoblanadi.

16 may kuni Poroshenko G7 davlatlari elchilari bilan uchrashganda Rossiya Minsk kelishuvlarini bajarmayotgani sababli unga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga chaqirgandi.

"Juda minnatdoran va bu bizning g‘alaba deb hisoblayman", deb qo‘shimcha qildi Poroshenko.

Top