08:28 / 30.05.2016
9295

Savchenko farrosh bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko prezident bo‘lish bilan bir bir qatorda, farrosh bo‘lishga ham tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda UNN.

"Bundan tashqari, men prezident, balandda ishlovchi montajchi bo‘lishga tayyorman. Men farrosh bo‘lishga, foydam tegadigan istalgan kasbda ishlashga tayyorman", deb aytdi Savchenko.

Savchenkoning ta'kidlashicha, u hanuzgacha Ukraina armiyasi zobiti hisoblanadi va agar uning bu sohada nafi tegsa, unda uning ambitsiyalari bundan yuqoriroq bo‘lmaydi.

"Men shunchaki prezident bo‘lish uchun prezident bo‘lmoqchimasman. Ukraina uchun bo‘lsa, men prezident bo‘laman. Biroq o‘zim uchun bo‘lsa, bu menga kerak emas", deb ta'kidlab o‘tdi Savchenko. 

Avvalroq Savchenko zarur bo‘lsa, prezident bo‘lishga tayyorligini aytgandi.

Top