09:13 / 30.05.2016
4046

The Times: Ibrahimovich «MYu»ga kelmaydi, Mourino Ikardi yoki Obameyangni olib kelmoqchi

«Manchester Yunayted» «PSJ» futbolchisi Zlatan Ibrahimovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdan voz kechgan.

The Times nashrining xabar berishicha, 34 yoshli shvetsiyalik hujumchining agenti Mino Rayola bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Ibrahimovichdan ko‘ra yoshroq futbolchi bilan shartnoma tuzish qaroriga kelgan. Bular Mauro Ikardi («Inter») yoki Per-Emerik Obameyang («Borussiya» D) bo‘lishi mumkin.

Mavsum yakuniga ko‘ra, erkin agentga aylanadigan Ibrahimovich esa faoliyatini Xitoy, MLS yoki Qatarda davom ettirishi taxmin qilinmoqda.

Mavsumlar oralig‘ida Mourino 3ta chiziq uchun uch nafar yulduz futbolchi transfer qilishni rejalashtirgan – markaziy himoyachi, markaziy yarim himoyachi (Pol Pogba, «Yuventus») va markaziy hujumchi.

Top