07:09 / 31.05.2016
7562

Amerikalik uchuvchi o‘g‘lining tishini vertolyot yordamida sug‘urib oldi

AQShlik uchuvchi Rik Raxim o‘zining YouTube-kanalida vertolyot yordamida sut tishini qanday qilib sug‘urib olish mumkinligi ko‘rsatilgan videoni chop etdi.

Rahim bir necha metrlik ipning bir uchini o‘g‘lining qimirlab qolgan tishiga, ikkinchi uchini esa vertolyotga bog‘ladi. So‘ngra mashina sekin-astalik bilan havoga ko‘tarila boshladi va oxir-oqibat bolaning tishini sug‘urib oldi. Raximning ta'kidlashicha,  u o‘zining bu "tajribasini" o‘tkazish vaqtida barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan.

Top