18:15 / 31.05.2016
5176

Asus Zenbook 3 - Apple MacBook'ning yangi raqobatchisi

Computex 2016 ko‘rgazmasida Asus kompaniyasi yangi flagmanli ZenBook 3 ultrabukini namoyish etdi. Mazkur qurilma Apple MacBook’ning asosiy raqobatchisi, deya e'tirof etilmoqda. Tayvan kompaniyasining mazkur ultrabuk korpusi aerokosmik toifali alyuminiy qotishmadan tayyorlangan bo‘lib,  qalinligi 11.9 mm va og‘irligi 910 grammni tashkil etadi, Apple makbukniki esa -13.1 mm va 920 gramm. 

Biroq Asus asosiy e'tiborni yangi qurilmaning yaxshi ishlash jarayoniga qaratgan. ASUS ZenBook 3da Corning Gorilla Glass 4 himoyalangan oynaga ega (ekran yuza paneli maydonining 82 foiz qismini tashkil etadi) 12.5 dyuymli FullHD-displeyi, USB Type-C porti, to‘rtta dinamikali Harman Kardon, to‘liq hajmli klaviatura va Windows Hello funksiyasini ko‘tara oluvchi barmoq izi skaneri mavjud. Avtonom ish vaqti - 9 soat.

40 Vt*ch sig‘imli akkumulyator tez zaryadlash texnikasini ko‘tara oladi va 49 daqiqa ichida 60 foizgacha quvvat oladi. Yangi ultrabuk uch xil rang va uch xil versiyada bo‘ladi. Asosiy versiyada Intel Core i5 protsessori, 4 GB operativ xotira va 256 GBli SSD-drayv o‘rnatilgan bo‘lib, 999 dollarga baholanmoqda. Asus Zenbook 3 (512 GB SSD) narxi esa - 1499 dollar. Intel Core i7 protsessori, 16 GB operativ xotira va 1 TB SSDga ega eng yaxshi model narxi 1999 dollarni tashkil etadi. Sotuvg

Top