17:01 / 31.05.2016
5628

Biologlar yurak qarishini to‘xtatish usulini aniqlashdi

Yurak-qon tomir kasalliklarini tadqiq qiluvchi Milliy markaz biologlari telomerlar - xromosomalarning himoya qatlamlari - sichqon miokard hujayralarida yosh o‘tgan sari tez qisqarib, yurak faoliyatini yomonlashtirishini aniqlashdi. Olimlar oqsillardan birining faolligiga bosim o‘tkazib, yurak qarishining oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur tadqiqot natijalari Journal of Cell Biology jurnalida batafsil taqdim etilgan

Yangi tug‘ilgan sichqonlar shikast yetgan yurak mushagini samarali qayta tiklashi mumkin, biroq katta yoshli kemiruvchilarda yurak xurujlari davolab bo‘lmaydigan buzilishlar - yurak yetishmovchiligi va hattoki o‘limga olib keladi. Yosh o‘tgan sayin kardiomitsitlar, ya'ni yurakning mushak hujayralari - hujayra siklidan chiqib ketadi, bu ularning ko‘payishini hamda regenerativ funksiyasini cheklaydi. 

Olimlar telomer uzunligining kardiomitsitlar qarishi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi. Tadqiqotchilar xromosoma uchlari sichqonlar tug‘ilganidan keyingi birinchi haftada tez qisqarishini aniqlashdi. Bu esa telomerlarni qayta tiklovchi ferment - telomeraz sintezining kamayishiga to‘g‘ri keldi. Oxir-oqibat hujayralarning o‘sishi va ko‘payishiga bosim o‘tkazish orqali DNK shikastlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hujayra tizimi ishga kirishadi. Tizimning bosh komponenti r21 ingibator-oqsili hisoblanadi.

Top