11:40 / 31.05.2016
5684

Edvard Snouden AQSh sobiq bosh prokurorining so‘zlariga javob berdi

AQSh MRB sobiq xodimi Edvard Snouden Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida, AQSh sobiq bosh prokurori Erik Xolderning Snouden Amerika jamoatchiligiga xizmat qilgani to‘g‘risidagi fikrlariga o‘z qarashini bildirdi. 

«2013: bu davlatga xiyonat!
2014: Balki, xiyonat emasdir, ammo o‘ylanmay qilingan harakat! 
2015: Bu baribir noqonuniy edi! 
2016: Bu jamoatchilikka xizmatdir, ammo…! 
2017: …», - deb yozgan Snouden Twitter'dagi sahifasida Xolder bayonotidan so‘ng.

Bundan avval Xolder Snouden MRB ishlash usullarini kun tartibiga chiqarish bilan Amerika jamoatchiligiga xizmat qilgani xususida fikr bildirgandi.

Top