00:51 / 31.05.2016
7211

iPhone orqali yashirin tasvirga olish uchun mo‘ljallangan g‘ilof taqdim etildi

COVR Photo kompaniyasi Apple smartfonlarida yashirin videotasvir yoki fotosurat olish uchun mo‘ljallangan g‘ilofni taqdim etdi. Aksessuar smartfonni gorizontal holatida asosiy kamera orqali tasvir olishga yordam beradi. Tasvirga olishni yanada yashirin qilish uchun kompaniya smartfon ekranida elektron pochta yoki veb-serfingdan foydalanish illyuziyasini ko‘rsatib turadigan tekin mobil dasturni ham yuklab olish imkoniyatini beradi. 

COVR Photo g‘ilofi uch xil rangda (qora, oq, ko‘k) 60 dollar qiymatida iPhone SE, 5, 5s, 6 va 6s smartfonlari uchun sotuvga chiqariladi.

Top