08:58 / 31.05.2016
4483

"Lokomotiv" "Monako" futbolchisi bilan bitim tuzdi

Kongolik yarim himoyachi Delvin Ndinga Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bilan bitim tuzdi. Bu haqda TASS agentligi jamoa rasmiy saytiga asoslanib xabar tarqatgan.

2015 yilning iyulida transfer huquqi "Monako"ga tegishli bo‘lgan Ndinga "Lokomotiv" jamoasi safiga ijara shartnomasi asosida kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsum yakunida moskvaliklar jamoasi ushbu futbolchini to‘la xarid qilgan.

28 yoshli Ndinga 2015/16 yilgi mavsumda Rossiya chempionatidagi 24 uchrashuvda maydonga tushdi.

Top