15:09 / 31.05.2016
4179

Rossiya samolyotlari Idlibda yo‘llagan havo zarbalari oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Idlib shahri yaqinida Rossiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari tomonidan berilgan havo zarbalari natijasida tinch aholi vakillaridan 23 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Havo zarbalari nishonlaridan biri shifoxona yonida bo‘lgan. Inson huquqlari himoyachilari tashkiloti direktori Rami Abdulrahmonning ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 7 bola bor. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.

Idlib - Suriyadagi "Al-Qoida" bilan aloqador "Front an-Nusra" tashkiloti jangarilari tasarrufidagi yirik shaharlardan biri hisoblanadi.

Rossiya Suriyada IShID jangarilariga qarshi 2015 yilning kuzida harbiy harakatlarga kirishgandi.

AQSh va uning ittifoqchilari ma'lumotiga ko‘ra, Rossiya Suriyada IShIDga qarshi emas, Bashar Asad tuzumi muxoliflariga qarshi kurash olib bormoqda.

Top