22:32 / 31.05.2016
47221

Sardor Rashidov uylandi

Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qatarning "Al-Jaish" klubi futbolchisi Sardor Rashidovning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy tvitteri xabar tarqatdi. 

"Sardor bugun Lazizaxon bilan nikohdan o‘tdi. Ayni paytda ularning to‘yi bo‘lib o‘tmoqda", deyilgan xabarda.

Nikoh marosimi Jizzaxda bo‘lib o‘tgan.

Sardor Rashidovning nikoh to‘yi marosimiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan, «Paxtakor» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Grigoriy Kolosovskiy, milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov, shuningdek, Aleksandr Geynrix, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov, Ignatiy Nesterov singari bir qator terma jamoa futbolchilari ham tashrif buyurdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimidan suratlar tarqalgan.

 

Top