10:44 / 31.05.2016
4786

So‘rovnoma: Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi tarafdorlari soni o‘smoqda

Keyingi bir hafta ichida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar soni 8 foizga o‘sgan. Bu haqda ORB o‘tkazgan so‘rovnomaga asoslanib, The Daily Telegraph nashri xabar tarqatgan.

So‘rovnomaga ko‘ra, hozirda britaniyaliklarning 51 foizi Yevropa Ittifoqida qolish uchun, 46 foizi YeIdan chiqish uchun ovoz bermoqchiligini bildirgan. 1 hafta oldin bu 55 foizga 42 foiz nisbatida edi.

So‘rovnoma tashabbuskorlari fikriga ko‘ra, Yevrointegratsiyaga qarshilar soni ortishiga mamlakat hududiga qochqinlar oqimi o‘sishi va hukumat chegaralarda nazoratni ta'minlay olishiga nisbatan paydo bo‘lgan shubhalar asosiy sabab hisoblanadi.

Buyuk Britaniyaning YeIni tark etishi yoki unda qolishi masalasidagi referendum 23 iyun kuni o‘tkaziladi.

Top