13:28 / 31.05.2016
6742

Tusk: Yevropaga "parchalanish xavfi" soya solmoqda

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk, YeI fuqarolarini qamrab olgan "yevro-skeptitsizm yoki yevro-pessimizm" kayfiyatlari borasida o‘z xavotirlarini izhor qildi

"Yevropa bo‘ylab, parchalanish ruhi kezib yuribdi va federatsiya g‘oyasi bunga munosib eng yaxshi javob emas", —degan Tusk Yevropa xalq partiyasi yetakchi siyosatchilarining Lyuksemburg uchrashuvida.

Tuskning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar "to‘liq va birdaniga amalga oshadigan integratsiya g‘oyalari bilan chalg‘ib, Yevropaning oddiy fuqarolari yevro-entuziazmni unchalik ham xush ko‘rmasligini tushunishmagan".

Shu munosabat bilan, Yevropa kengashi raisi "ushbu masala bo‘yicha ochiq va adolatli munozaralarni boshlash"ni taklif etgan.

Top