14:24 / 31.05.2016
2839

YuNeSKO: Ko‘plab mamlakatlar ekspertlari Palmiraning qayta tiklanishida ishtirok etishga tayyor

YuNeSKO bosh direktori Irina Bokovaning RIA "Novosti"ga ma'lum qilishicha, ko‘p mamlakatlar Palmira madaniy merosining qayta tiklanishiga qiziqish bildirishmoqda.

"Palmira, shuningdek Halab shaharlaridagi madaniy meros obektlarini tiklashga ko‘p mamlakatlar qiziqish bildirishmoqda. Tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba bor, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Polshadan guruhlar bor", - deya ma'lum qildi Bokova.

U shuningdek, "madaniy merosni qo‘llab-quvvatlashning muhimligi, shu bois hammani bir joyga to‘plab, obektlarni qayta tiklash borasida birgalikda bosh qotirish kerakligi"ni ta'kidlagan.

Preventiv diplomatiya bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 30 may kuni Ispaniyaning Alikanta shahrida ochildi. Tadbir doirasida turli mamlakatlarning xalqaro va ijtimoiy tashkilotlari, diplomatik idora vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

Konferentsiyada preventiv diplomatiya rivoji, shu bilan birga ziddiyatlar haqida oldindan ogohlantirish imkoniyatlarini mustahkamlash yo‘llari, inson huquqlari hamda fuqarolik jamiyatining o‘rniga doir bir qator masalalar muhokamasi kutilmoqda.

Top