08:21 / 01.06.2016
2936

65 million Tumblr-akkauntlarining parollari sotuvga qo‘yildi

Tumblr blog-platformasidagi 65 million foydalanuvchilarning ma'lumotlari to‘plangan baza xakerlar tomonidan sotuvga qo‘yildi. Motherboard nashrining xabariga ko‘ra, taklif narxi 150 dollarni tashkil etadi. 

Parollar va elektron manzillar jinoyatchilar tomonidan 2013 yildayoq buzib olingan.

Tumblr ma'muriyati ulardan foydalanish imkoniyati yo‘qligi haqida xabar bergan. Ma'lumotlar shifrovka qilinmaganiga qaramay, parollar tasodifiy baytlardan iborat.

Peace laqabidagi xakerning ta'kidlashicha, kompaniya SHA1dan foydalangan. Bundan tashqari, xesh-funksiyalar bilan birga parollarni yuboruvchi axborot texnologiyasidan foydalanilgan. Bunday sharoitlarda buzg‘unchilar uchun simvollarning aslini topish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham xakerlar ma'lumotlar bazasi uchun past narxni o‘rnatishgan.

Kompyuter xavfsizligi tadqiqotchisi Troy Xant Tumblr ma'lumotlar bazasini Have I been pwned saytiga joylashtirgan. Bu sahifa yordamida foydalanuvchilar o‘z akkauntlari buzilmaganliklarini tekshirib olishlari mumkin.

Top