22:25 / 01.06.2016
5982

AQShda 50 mln dollarga mingta klassik sportkar sotildi

AQShning Indianapolis shahrida may oyi oxirida o‘tgan auksionda 1094 ta klassik avtomobil 48,87 mln dollarga sotildi. Bu qiymat 29 yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan auksion tashkilotchilari olgan eng katta summa bo‘ldi. O‘tgan yildagi auksionda 43 mln dollar foyda olingan edi.

Eng qimmatbaho avtomobillarning birinchi uchligidan Shelby avtomobillari o‘rin oldi. Yetakchi o‘ntalikka kirgan yagona Yevropa modeli 1972 yildagi Ferrari Dino GT mashinasi bo‘ldi, u 310 ming dollarga sotildi 

Hammasi bo‘lib auksionga 1567 avtomobil qo‘yilgan. Mecum’ning keyingi savdolari Oregon shtatidagi Portlend shahrida 17–18 iyunda bo‘lib o‘tadi. Bu yerda 600 ta mashina sotuvga qo‘yiladi.

Quyida eng qimmatbaho mashinalarning yetakchi o‘ntaligi keyeltirilgan:

Top