22:36 / 01.06.2016
8492

Farg‘ona viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida sport festivali o‘tkazildi

Farg‘onada O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab xotin-qizlar o‘rtasida sport festivali o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda 300 dan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi.

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 665 mingdan ziyod xotin-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Qishloq joylarda istiqomat qiluvchi ayollarni sportga jalb etish maqsadida “Sport malikasi”, “Otam, onam va men – sportchilar oilasi”, “Kamolot” malikalari” kabi musobaqalar tashkil etilayotir.

Festival ishtirokchilari sportning suzish, yugurish va voleybol kabi turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. 

Uy bekalari va hamshira, pedagog, tadbirkor, fermer kabi kasb egalari ishtirok etgan festivalda qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.

Top