10:19 / 01.06.2016
2628

GFR hukumati Yevropa nazoratini saqlab qolish uchun Airbus ulushini qoldirdi

Germaniya hukumati Airbus Group SE konsernidagi 11 foizli ulushini sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqida Reuters agentligiga iqtisodiy blokdagi mansabdor shaxs hamda Adliya vazirligining sobiq rahbari Brigitta Tsipris ma'lum qildi. 

Tsiprisning so‘zlariga ko‘ra, nemis hukumati avval aerokosmik kompaniyadagi ulushini sotishni ko‘zlagandi, ammo korxona ustidan nazoratni saqlab qolish maqsadida uni qoldirishga qaror qilishdi. 

"Biz Airbus'da rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan mamlakat bo‘lib qolishni hamda bu Yevropa kompaniyasini aynan Yevropa kompaniyasi sifatida mustahkamlashni istaymiz",- ta'kidladi Tsipris Berlin aviashousida.

Top