20:46 / 01.06.2016
9933

Hindistondagi temir yo‘l qurilishi sigirlar sabab milliard dollarga qimmatlashdi

Hindistonda tezyurar poyezd loyihasi muqaddas sigir tufayli 1 mlrd dollarga qimmatlashdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Vaziyat bilan tanish manbaning xabar berishicha, temir yo‘l ushbu jonivorlarning sayr etish yo‘liga tushib qolgan.

508 kilometrli ushbu temir yo‘l Mumbayning moliyaviy markazi hamda Ahmadobodning iqtisodiy markazlarini bog‘lashi lozim edi.

Ma'lum qilishlaricha, poyezd tezligi soatiga 350 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Uni yaponiyalik mutaxassislar barpo etishmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 16 mlrd dollar, deya baholangan. U 2018 yilda qurib birilishi kutilmoqda.

Top