16:54 / 01.06.2016
2823

Iordaniyaning yangi hukumati qasamyod qildi

Iordaniyaning bosh vazir Xani al-Mulkiy rahbarligidagi yangi vazirlar mahkamasi qasamyod qildi. Bu haqda podshohlik televideniyesida xabar qilingan. 

May oyi oxirida mamlakat podshohi Abdulloh ikkinchi, tashqi ishlar vaziri al-Mulkiyga hukumatni shakllantirish vazifasini topshirgan edi. Podshoh shu kunning o‘zida bosh vazir 77 yoshli siyosatchi Abdulloh an-Nussurning iste'fosini qabul qilgandi. 

Al-Mulkiy hukumati oldida turgan asosiy masala mamlakat parlamenti uchun umumsaylovlarni tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Iordaniyada parlament saylovlari shu yilning avgust yoki sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak.

Top