09:21 / 01.06.2016
10308

Italiya terma jamoasining Yevro-2016 uchun yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Italiya terma jamoasining murabbiylar shtabi Yevropa Chempionatida ishtirok etadigan 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e'lon qildi. 

Ushbu futbolchilar mamlakat bosh jamoasining sha'nini Yevro-2016da himoya qilishadi.

Jakomo Bonaventura («Inter») va Jorjino («Napoli») bosh murabbiy Konte tomonidan tarkibga kiritilmagan. «Milan» yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo jarohati tufayli turnirni o‘tkazib yuboradi.

Italiya terma jamoasi 10 iyun kuni start oladigan turnirda Belgiya, Shvetsiya va Irlandiya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Darvozabonlar: Janluidji Buffon («Yuventus»), Federiko Marketti («Latsio»), Salvatore Sirigu («PSJ»).

Himoyachilar: Jorjo Kellini, Andrea Bardzali, Leonardo Bonuchchi (barchasi — «Yuventus»), Andjyelo Ogbonna («Vest Hem»).

Yarim himoyachilar: Antonio Kandreva, Marko Parolo (ikkisi – «Latsio»), Alessandro Florentsi, Daniele de Rossi, Stefan El-Sha'roviy (barchasi — «Roma»), Mattia De Shilo («Milan»), Matteo Darmian («Manchester Yunayted»), Tiago Motta («PSJ»), Stefano Sturaro («Yuventus»), Federiko Bernardeski («Fiorentina»), Emanuele Jakkerini («Bolonya»).

Hujumchilar: Simone Dzadza («Yuventus»), Chiro Immobile («Torino»), Eder («Inter»), Lorentso Insine («Napoli»), Grasiano Pelle («Sauthempton»).

Top