18:20 / 01.06.2016
3937

Microsoft o‘z hamkorlari bilan birga  reallikni to‘ldirish ustida ishlaydi

Microsoft kompaniyasi to‘ldirilgan va virtual reallik qurilmalarining begona ishlab chiqaruvchilar va dasturlovchilar uchun Windows Holographic platformasini ochdi. Bu haqida korporatsiya blogida ma'lum qilingan

Microsoft'dagilar bunday qaror biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratadi deb hisoblashmoqda. O‘z navbatida Windows Holographic uchun ilova tayyorlovchi dasturchilar ularning mahsuloti ko‘plab qurilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Intel, AMD, Qualcomm, HTC, Acer, ASUS, Dell, Falcon Northwest, HP, Lenovo, MSI kabi kompaniyalar Microsoft bilan hamkorlik qilishi mumkin.

2015 yilning yanvarida taqdim etilgan Windows Holographic platformasi ilovalarga real dunyoni virtual elementlar bilan to‘ldirish imkonini beradi. 

Microsoft'ning texnologiyasini qo‘llayotgan yagona qurilma HoloLens ko‘zoynaklari hisoblanadi.

Top