15:49 / 01.06.2016
2630

Namanganda xalqaro tennis turniri boshlandi

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan tennis turniri boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston,  Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Avstraliya, Belarus, Gruziya, Slovakiya, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston va Turkiyadan ikki yuzga yaqin tennischi o‘zaro bahslashmoqda.

Turnirda Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva, Go‘zal Yusupova, Sanjar Fayziyev, Shonig‘matjon Shofayziyev, Temur Ismoilov, Sharofiddin Abzalov kabi tennischilar O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Sabina Sharipova Arina Foltsni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Temur Xabibullin ustidan zafar quchdi. 

Juftlik bahslarida Shonig‘matjon Shofayziyev rossiyalik Dmitriy Surchenko bilan birga rossiyalik tennischilar Kirill Komarov va Aleksandr Lobkovni har ikkala setda 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Iste'dodli tennischimiz Sharofiddin Abzalov va rossiyalik Aleksey Filenko qozog‘istonlik tennischilar Sagadat Ayap va Jonsulton Chembotayevni 6:4, 6:3 hisobida yengdi.

Top