09:21 / 01.06.2016
6216

Tramp Tsintsinnatidagi hayvonot bog‘ida bolani qutqarish uchun gorilla o‘ldirilgani voqeasiga munosabat bildirdi

AQShning Tsintsinnati shahri (Ohayo shtati) hayvonot bog‘idagi gorilla maydonchasiga qulab tushgan to‘rt yoshli bolani qutqarish uchun hayvonot bog‘i xodimlari gorillani otib tashlagani voqeasiga AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder siyosatchi Donald Tramp ham munosabat bildirdi. Bu haqda Cincinnati.com xabar tarqatdi.

"Men o‘ylaymanki, bu oson bo‘lmagan qaror edi. Lekin ularda boshqa tanlov ham yo‘q edi, inson hayoti birinchi o‘rinda. Yosh bolakayning hayoti xavf ostida edi va uni qutqarishning boshqa yo‘li yo‘q edi", degan u.  

Bolani qutqarish uchun bog‘ xodimlari Xarambe laqabli 17 yoshli gorillani otib o‘ldirishgach, bu jamoatchilikda qarama-qarshi fikrlar uyg‘otmoqda.

Muassasa direktori Teyn Meynardning aytishicha, 180 kilogrammdan ortiq bo‘lgan gorilla to‘siq ostidan emaklab o‘tib, maydoncha hududidagi suv to‘ldirilgan handaqqa dumalab tushgan bola hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin edi.

«Change.org» saytida esa farzandini qarovsiz qoldirgan ota-onani jazolashga chaqirilgan talabnoma joylashtirildi. Hozirgacha uni 200 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatladi.

Top