15:47 / 01.06.2016
3190

«Turkiston» saroyida bolajonlar uchun konsert namoyish etildi

«Turkiston» saroyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan konsert namoyish etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

“Sen yolg'iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yosh avlodni hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar etib tarbiyalash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi azaliy qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topdi.

Bayram tadbiriga poytaxt va Toshkent viloyatidagi Mehribonlik va Muruvvat uylari, Toshkent shahar «SOS – bolalar mahallasi» tarbiyalanuvchilari, alohida e'tiborga muhtoj bolalar taklif etildi.

Tadbirda bolalar folklor, raqs ansambllari jamoalari, «Barkamol avlod» ijodiyot markazlari va Mehribonlik uylari qoshidagi to‘garaklarning iqtidorli o‘g‘il-qizlari kuy-qo‘shiqlar ijro etdi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmali chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.

Top