11:55 / 01.06.2016
7507

Yuan kursi uch kundan buyon 2011 yil minimumini yangilayapti

Xitoy xalq banki (markaziy banki) uchinchi kundirki, yuanning dollarga nisbatan kursini 2011 yil fevral oyidan buyongi eng past qiymatda belgilayapti. 

Xususan, Markaziy bank yuanning 1 iyun kungi kursini bir dollarga 6,5889 yuan sifatida belgilagan. Bu, bir kun avvalgi kursi (6,5790)dan 99 punktga ko‘proqdir.

Xitoy xalq banki dushanba, 30 may kuni Xitoy valyutasining kursini bir AQSh dollariga 6,5784 yuan sifatida belgilagandi. 

Xitoy milliy pul birligi, uzoq vaqt mobaynida barqarorlikni saqlab turdi va bir dollar 8,3 yuanga teng bo‘ldi. Ammo, 2005 yil yozidan u mustahkamlanishni boshladi. 

2008 yil kuzida yuan qariyb bir yil mobaynida 6,8 darajasida saqlandi, 2009 yil sentabrida yana o‘sishni boshladi. Uning eng cho‘qqisi 2014 yil yanvariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1 AQSh dollari 6 yuan atrofida baholandi.

Top