23:29 / 02.06.2016
6285

AQSh IShIDga qarshi kurashish uchun Fors ko‘rfaziga atom aviatashuvchi kemasini jo‘natdi

AQShning Dwight Eisenhower atom aviatashuvchi kemasi bir guruh kemalar hamrohligida Fors ko‘rfaziga IShIDga qarshi AQSh boshchilik qilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasiga qo‘shilish uchun yuborildi. Bu haqda Navy Times nashri xabar bermoqda

"Dwight Eisenhower kemasi boshchiligidagi zarba berish guruhi dislokatsiya hududida Harry Truman aviatashuvchi kemasining o‘rnini egallash uchun jo‘natilmoqda va IShID jangarilariga havo zarbalari berishda ishtirok etadi", deb aytdi AQSh harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi admirali Fil Devidson.

Kema va unga hamrohlik qilayotgan boshqa kemalar bortida 7 ming nafar matros, uchuvchi, dengiz piyoda askarlari, 90 taga yaqin samolyot va vertolyot mavjud. Guruh 1 iyunda Virjiniya shtatining Norfolk shahridagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasini tark etdi. 

Harry Truman kemasi 2015 yilning dekabri oxiridan Yaqin Sharqdagi aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etmoqda. 17 aprel holatiga ko‘ra, kemadagi samolyotlar 1118 ta parvoz amalga oshirib, IShID jangarilari egallagan pozitsiyalarga 580 tonna o‘q dori tashlagan.

Top