15:18 / 02.06.2016
3847

Iqtisodiy raqobatbardoshlik reytingini Hongkong boshqarmoqda

Har yili Xalqaro boshqaruvni rivojlantirish instituti tomonidan tuziladigan iqtisodiy raqobatbardoshlik reytingida birinchi o‘rin Hongkong egalladi. 

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini Shveytsariya band etdi. O‘tgan yillarda  yetakchilik qilgan AQSh esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda - Singapur va Shvetsiya. Shunisi diqqatga sazovorki, Shvetsiya o‘tgan yilga qaraganda to‘rtta punktga ko‘tarilgan. 

Reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat bitta mamlakat qatnashgan - Qozog‘iston. U 47-o‘rinni zabt etib, 44-o‘rinni band etgan Rossiyadan uch pog‘ona ortda qolmoqda.

Reytingdagi so‘nggi o‘rinda Venesuela qayd etilgan.

Hisobotda turli siyosiy-iqtisodiy tizimga ega jami 61ta mamlakat ishtirok etgan.

Top