14:45 / 03.06.2016
9950

Bloomberg dunyodagi eng badavlat kishilarning yangi ro‘yxatini e'lon qildi

Bloomberg mantazam ravishda yangilanib turadigan "Dunyoning eng boy kishilari" ro‘yxatini namoyish qilib, unga 200 nafar milliarderning nomini kiritdi. 

Sharafli 1-o‘rin Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geytsga nasib etdi.

Undan keyingi 2-o‘rinni 77ta mamlakatda o‘z do‘konlariga ega bo‘lgan Inditex kompaniyasining asoschisi va sobiq prezidenti Amansio Ortega egalladi.

"Dunyoning eng boy kishilari" ro‘yxatidagi uchlikni "omaxalik sehrgar" nomini olgan Uorren Baffet yopadi.  

Amazon.com internet kompaniyasining asoschisi va rahbari Jyeff Bezos ro‘yxatning 4-o‘rinda qayd etilgan. 5- va 6- o‘rinlar aka-uka Charlz va Devid Kochga nasib etdi. 

7- o‘rinni Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg egallagan. 8- o‘rinni kelib chiqishi arab bo‘lgan meksikalik Karlos Slim zabt etdi. 9- pog‘onada Oracle loyihasi egasi Larri Ellison, 10- o‘rindan shvetsiyalik tadbirkor, IKEA asoschisi Ingvar Kempbrad joy oldi. 

Alisher Usmonov pillapoyaning 92-pog‘onasida.

Top