14:31 / 03.06.2016
5509

Ilhom Aliyev: Qorabog‘ tarixan Ozarbayjonga tegishli

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tan olinmagan Qorabog‘ respublikasi tarixan Ozarbayjonning bir qismi sanalishini ta'kidladi.

"Qorabog‘ tarixdan bizning hududimiz va biz buni doimo isbotlashda davom etishimiz kerak. Armanlar Qorabog‘ga 19 asrda Erondan va Sharqiy Anatoliyadan ko‘chirib o‘tkazilgan. Armanlarning Qorabog‘ga ko‘chirilganiga 150 yil to‘lgani munosabati bilan o‘rnatilgan yodgorlik ham bo‘lgandi. Ammo urush vaqtida ular bu yodgorlikni buzib tashlashgan", deydi Aliyev.

U Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjonga tegishli ekanini isbotlovchi kitoblar, xaritalar hamda ilmiy-tahliliy ishlarga ega ekanini qo‘shimcha qilgan.

Top