11:13 / 03.06.2016
8394

Kit Xaringtonning olib tashlangan soqoli internetni larzaga soldi

“Taxtlar o‘yini” teleserialidagi Jon Snou roli orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan britaniyalik aktyor Kit Xarington soqolini oldi va bu ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi olamshumul muhokamalarga sabab bo‘ldi. Masalan, BuzzFeed’ning ma'lum qilishicha, uning bu ishi “aqlsizlik” bo‘lgan.

Soqoli qirtishlangan Xarington Londonda, o‘zi bosh rolni ijro etayotgan “Doktor Faust” spektakilidan so‘ng suratga olingan. Suratlar tvitterda ham shov-shuv bilan kutib olingan, deb yozmoqda Daily Express.

Ayrim izoh qoldiruvchilarning fikricha, aktyor soqol bilan ham, usiz ham yaxshi ko‘rinishda. Boshqalarning aytishlariga qaraganda, aktyorning bu ishi “Taxtlar o‘yini”da yana bir qahramon halok bo‘lishidan darak beradi.

 

Top