12:22 / 03.06.2016
4536

Kuzbassda kon yonmoqda: konchilarni ko‘chirish boshlangan

Kuzbassdagi Zarechnaya konida yong‘in chiqqan. Ma'lum qilinishicha, 100 metr chuqurlik ostidagi transformator stansiyasi yonib ketgan.

Yong‘in vaqtida yer tagida 100 nafardan ziyod konchi bo‘lgan, ulardan faqatgina 25 nafarini tepaga olib chiqishga ulgurilgan. Ularning to‘rt nafari is gazidan zaxarlangani uchun tibbiy muolajadan o‘tgan.

OAVning xabar berishicha kon ichiga halokat ko‘lamini aniqlash va qolib ketganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus guruh vakillari tushib ketishgan.

Top