21:14 / 03.06.2016
18191

Merkel, Olland va Iron Maiden rok-guruhi samolyotlarining yonma-yon turgan surati OAV e'tiborini tortdi

1 iyunda Tsyurix aeroportida olingan surat OAV e'tiborini tortdi. Suratda bir vaqtning o‘zida Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Iron Maiden britan rok-guruhi samolyotlarining yonma-yon turgani tasvirlangan.

Suratdagi samolyotlar o‘lchamlaridagi farq hazil-mutoyibalarga sabab bo‘ldi. Suratda rok-guruhning samolyoti Germaniya va Fransiya yetakchilarining samolyotlaridan ancha kattaligini ko‘rish mumkin. Ba'zi sharhlovchilar musiqa siyosatdan muhimroq degan hazilomuz xulosaga ham kelishdi.

Yevropa davlatlari yetakchilari Tsyurixga 57 km lik Sen-Gotard temir yo‘l tunnelining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun kelishdi. Bu tunnel avval ma'lum qilingandek, bunday turdagi eng uzun tunnel bo‘ldi. Britaniyalik musiqachilar esa Shveytsariyaga o‘zlarining "The Book of Souls" xalqaro gastrol turi doirasida tashrif buyurishdi.

Top