12:07 / 03.06.2016
3811

Olimlar Yupiterning ulkan bulutlari ustida bosh qotirishdi

AQShlik olimlar Yupiter atmosferasida bahaybat bulutlar suzib yurganining guvohi bo‘lishdi hamda sayyoradagi o‘sha qizil bulutlarning batafsil xaritasini tuzib chiqishdi. Tadqiqotlar Science jurnalida nashr etildi.

Xaritadan sayyora yuzasidagi bir qancha tuzilmalarga guvoh bo‘lish mumkin: ularda 200 kelvin darajaga yetuvchi gidrosulfidli ammoniy va darajasi 160 kelvinga yetuvchi ammiak bulutlari aks etgan. Ushbu bulutlarni Yerdan turib optik teleskoplar orqali kuzatish mumkin. Olimlarning ma'lum qilishlaricha, atmosfera tubida ammiak miqdori kamayib borgan.

Xartida ammiak deyarli bo‘lmagan hududlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ana shunday hududlar oralig‘ida atmosfera maydonchalari mavjud. Yupiterni radiodiapozon orqali kuzatish undagi ko‘rinmas gazli bulutlarni kuzatish imkonini beradi.

Ulkan sayyorada atmosferasidagi bu o‘zgarishlarni olimlar sayyora tubidan ajralib chiqayotgan va turli siklonlar keltirib chiqarayotgan issiqlikdan deb bilishmoqda. Xuddi shunga o‘xshash mexanizmni Quyosh tizimidagi boshqa gaz sayyoralar, masalan, Saturn, Uran va Neptunda uchratish mumkin.

Darhaqiqat, olimlar sayyorani kuztish uchun VLA (Very Large Array) radioteleskopidan foydalanishdi. Yupiterdagi katta qizil dog‘ uzunligiga 40 ming, eniga 13 ming kilometrni tashkil etgan.

Top