12:37 / 03.06.2016
8469

Politsiya Germaniyaning Istanbuldagi bosh konsulxonasini o‘rab oldi

Istanbul shahri politsiyasi Germaniyaning bosh konsulxonasini o‘rab olgan. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar tarqatgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari binoga olib keladigan ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan.

Bu bino oldida turkiyaliklar tomonidan norozilik aksiyalari o‘tkazilishi oldini olishga qaratilgan chora hisoblanadi. Namoyishchilar bundestag tomonidan armanilar genotsidi tan olinganidan darg‘azab bo‘lishgan.

2 iyun kuni Bundestag deputatlari 1915 yilda Usmonli saltanatida armanilarning deportatsiya qilinishini genotsid deb tan olish yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi. 

«1915–1916 yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boshqa xristian ozchiliklarning genotsidi xotirasiga» deb atalgan bu hujjat qabul qilinishidan keyin Turkiya Germaniyadagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi. Shuningdek, Turkiya TIVga Germaniyaning Turkiyadagi elchisini bu voqea yuzasidan izoh berish uchun chaqirtirgan.

Top