21:00 / 03.06.2016
8837

Ronaldu qachon va qayerda futbolchilik faoliyatini yakunlash rejasida ekanini aytdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomasini uzaytirish va yana uzoq yillar davomida shu jamoada qolishni rejalashtirayotgani haqida aytdi. 31 yoshli futbolchining madridliklar jamoasi bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

«Men Yevropa chempionlar ligasida zafar quchganimizdan juda ham xursandman. Portugaliyaliklarni xursand qilishni istayman, ular bunga haqlidirlar. Men „Real“ 40 yoshdan keyin ham o‘ynashni istayman. Bu klubda o‘zimni juda baxtli his qilaman. Men hozir qayerda bo‘lishim kerak bo‘lsa, aynan shu joydaman», — deya Ronaldudan iqtibos keltiradi AS.

Top