14:38 / 03.06.2016
6534

Tailand ibodatxonasida yo‘lbars bolalarining yangi eritmalari topildi

Tailand milliy parklar departamenti xodimlari, Kanchanaburi provinsiyasi Vat Pa Luangta Bua "Yo‘lbars ibodatxonasi"da olib borgan tekshiruvlar natijasida, spirtli shisha idishlarga solingan 30ta yo‘lbars bolalari, mingdan ortiq yo‘lbars terisi va suyuklaridan yasalgan tumorlarni musodara qilgan. Tailand milliy televideniyesi uchinchi kanali shu haqda ma'lum qilgan. 

Kanchanaburi sudining mazkur ibodatxonada tintuv o‘tkazish bo‘yicha buyrug‘ini olgan Departament va politsiya xodimlari, 1 iyun kuni, monastir oshxonasining muzlatgichida yosh yo‘lbarschalarning 40ta nimtalanmagan go‘shtini topishgan edi. 

Bir kun o‘tib, hukumat vakillari, ibodatxonadan chiqishda pikap mashinasini to‘xtatganida, katta yoshli yo‘lbarsning ikkita terisi va mingdan ortiq teri va suyaklardan yasalgan tumorlari borligini aniqlashgandi. Mashina haydovchisi va rohib qo‘lga olingan.

3 iyun, ya'ni juma kuni o‘tkazilgan tintuv chog‘ida esa, "Yo‘lbars ibodatxonasi" besh kunligida yirik spirtli idishlarga solingan 30ta yo‘lbars bolasi go‘shti topildi.

Top