15:19 / 03.06.2016
10626

Toshkent shahrida «Soliq bilimdonlari - 2016» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Madaniyat saroyida Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy Kengashi hamkorligida bilimli va zukko yoshlarni aniqlash, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish va o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida oliy ta'lim muassasalarining «iqtisod» ta'lim sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalari ishtirokida «Soliq bilimdonlari - 2016» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi  Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rik tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Iqtisodchi yoshlar», Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining «Auditor», Andijon qishloq xo‘jaligi institutining «O‘lpon», Samarqand davlat universitetining «Avers», Navoiy davlat konchilik institutining «Adolat», Nukus davlat pedagogika institutining «Qolqanat», Qarshi muxandislik-iqtisodiyot institutining «Islohatchi» jamoalari o‘zlaring soliq haqidagi bilimlarini, turli sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar, savol-javoblar orqali namoyish etishdi. 

Jamolarning bilimlari 4 ta shart bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.

Tanlov yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan ta'sis etilgan I, II va III darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek tanlov davomida eng faol ishtirokchilar esa «Eng yaxshi soliq bilimdoni» sifatida rag‘batlantiruvchi diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Top