21:11 / 03.06.2016
4584

Toshkentda Aleksandr Pushkin tavalludining 217 yilligiga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan atoqli rus shoiri Aleksandr Pushkin tavalludining 217 yilligiga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Pushkinning ertak va dostonlari, she'rlari, qissalari har birimizga bolaligimizdan yaxshi tanish. Ulug‘ shoir asarlarida rostgo‘ylik, halollik, ezgulik ulug‘lanadi. Mehr-muhabbat, samimiyat kabi pokiza tuyg‘ular shoirga xos bo‘lgan jo‘shqin satrlar yordamida tarannum etiladi.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar Pushkin hayoti, faoliyati, ijodiy merosiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Onlayn muloqot doirasida shoir ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Top