09:18 / 03.06.2016
3198

Toyota yana ikkita zavodi ishini to‘xtatdi

Yaponiyaning Toyota Motor avtomobil korporatsiyasi kunchiqar mamlakatdagi yana ikkita zavodida yaqinda detallar yetkazib beruvchi korxonada portlash yuz bergani oqibatida detallar taqchilligi yuzaga kelgani sababli avtomobillar yig‘ishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Kyodo axborot agentligi xabar berdi. 

Faoliyati to‘xtatilgan zavodlar Sidzuoko va Kioto prefekturalarida joylashgani aytilmoqda.

Shu tariqa, konsern umumiy hisobda 11 ta zavodidagi 16 ta konveyer liniyasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Avvalroq Toyota Motor portlashdan keyin detallar yetkazib berishda yuzaga kelgan to‘xtashlar sababli 9 ta zavodidagi konveyerlarini to‘xtatgani ma'lum qilingandi.

Kompaniya 1 iyunda Ayti, Kioto, Osaka va Fukuoka prefekturalaridagi 9 ta zavodida 14 ta konveyer liniyasini to‘xtatgandi. Yetkazib beruvchi korxonada sodir bo‘lgan portlash sabablari ma'lum qilinmagan.

Top