11:45 / 04.06.2016
5278

Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qildi

Germaniya yetakchisi Yoaxim Gauk, kelgusi prezidentlik saylovlarida, davlat rahbarligi uchun kurashmaslikka qaror qildi, deb xabar qilgan Bild nashri.

Bild ma'lumotlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i Daniela Shadt Gauk sog‘lig‘i va yoshidan kelib chiqqan holda shunday maslahat bergan. Ikkinchi muddat nihoyasiga kelib, Yoaxim Gauk 82 yoshga kiradi. 

Kelasi hafta dushanba, 6 iyun kuni Gauk GFR kansleri Angela Merkel bilan uchrashadi. Siyosatchilar, Gauk kelajagini muhokama etadi, 7 iyun kuni esa prezident o‘z qarori bo‘yicha rasman e'lon qiladi. 

Shunga qaramay, ZDF telekanali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, 70 foiz nemis fuqarolari Gaukni prezidentlik lavozimida qolishini ma'qullashgan.

Top