15:16 / 04.06.2016
7671

Google avtomobillari signal berishni o‘rganishdi


Google kompaniyasi o‘zining haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari prototiplarini turli vaziyatlarda ovoz signallari berishga o‘rgatdi, deyiladi, kompaniya bo‘linmasining oylik hisobotida. 

Google mashinalarining ilk prototiplari dastlab mashina ichida signal bergan. Mashina elektronikasi signal berish zaruriyatini ilg‘agan. Mutaxassislar buni qayd etib borishgan. 

Shu bilan birga, Google signal berish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqdi. Masalan, vaziyat unchalik ham jiddiy bo‘lmasa, dastur 2marta qisqa signallar beradi. Agar, harakatning boshqa ishtirokchisini jiddiy ogohlantirish zaruriyati paydo bo‘lsa, Google avtomobili birmuncha baland va uzilmas signal beradi. 

Bundan tashqari, prototiplar piyoda va velosipedchilarni ogoh etish uchun alohida signallarga ega bo‘ldi.

Top