17:45 / 05.06.2016
5294

Azar: Agar «Chelsi»dan ketsam, bosslar kabi ketaman

«Chelsi» jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar yozgi transferlar vaqtida o‘zining «PSJ»ga o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U jamoani muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumdan keyin tashlab ketmoqchi emasligini bildirgan.

«Mening „Chelsi“ bilan shartnomam 2020 yilgacha tuzilgan va men qora yo‘l bilan jamoani tark etmoqchimasman. Agar ketsam, bosslar kabi boshimni baland ko‘tarib keta olishim kerak. Xuddi, „Lill“dan bu yerga kelganimdagi kabi. Hozir esa „PSJ“ mening rejalarimda emas», — deya Azardan iqtibos keltiradi Telefoot. 

Yakunlangan mavsumda Azar APLda 31 o‘yin o‘tkazdi va 4ta gol urib, 3ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top